Urush yillarida partizan radiosini boshqargan general I.Artemyevning xotiralariga koʻra, nemislar keng tarmoqli radiorazvedka tashkil etib, koʻplab muhim xabarlarni qoʻlga kiritishgan. Ayniqsa, ular oddiy ikki xonali shifrlarning kalitlarini juda oson va tez ochishgan. Ushbu kodlarni sinchkov nemislar uchun yengilmas qilishga bir tasodif yordam bergan. Bu qanday tasodif edi?