Mayda hayvonlarning xulq-atvorini oʻrganuvchi olimlar baʼzan shunday texnik qurilmadan foydalanadilar: erkak (yoki urgʻochi) hayvon yon tomonlarida koʻplab darchalari boʻlgan tunnelga qoʻyib yuboriladi, har bir darcha ortida esa urgʻochi (yoki erkak) hayvon qafasda boʻladi. Tajriba ostidagi hayvon kimni tanlashiga qarab koʻplab qiziqarli xulosalar chiqarish mumkin. Qaysi poytaxt ushbu apparatga nom bergan?