Bir safar Moskva kashshoflar saroyiga bolalar bilan uchrashuvga BIRINCHI taklif qilinganida, IKKINCHI ham o‘z ismdoshidan qolishmaslikka qaror qilib, kelishga rozi bo‘ldi. E’tiborlisi, BIRINCHI o‘zi tarqatayotgan dastxatlarda odatga ko‘ra nafaqat sanani, balki vaqtni ham qo‘yardi, ikkinchisining dastxatlarida esa mitti odamchalar dumaloq oshar va masxarabozlar jilmayib turardi. Hurmatli bilimdonlar! BIRINCHI va IKKINCHIning familiyasini ayting.