Koʻchma maʼnoda bu har biringiz bilan bir necha bor sodir boʻlgan boʻlsa kerak. Toʻgʻridan-toʻgʻri maʼnoda esa bu, masalan, Ioann, Genri va Jorj bilan sodir boʻlgan. Mashhur professor bilan esa, qaysidir maʼnoda oʻxshash, qaysidir maʼnoda esa mutlaqo teskari narsa sodir boʻlgan deyish mumkin. Uning baxtsizlikdagi sherigi deb rus mumtoz adabiyoti qahramonini aytish mumkin, uning ismini biz bilmaymiz. Ammo barchaga uning akasining ismi maʼlum, sizdan aynan oʻsha ismni aytishingizni soʻraymiz.