gotquestions.online

Ispaniyaning qiziqarli anʼanalaridan biri — Kitob kunini nishonlashdir. Uning dasturidan adabiy mukofotlarni topshirish, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlar oʻrin olgan. Madrid Nafis sanʼat klubida esa anʼanaga koʻra, uch kun davomida toʻxtovsiz bir jarayon davom etadi: uni ispanzabon yozuvchilar uchun eng yirik adabiy mukofotning navbatdagi laureati boshlab beradi, soʻngra Ispaniya hukumatining yirik arboblari, keyin Ispaniya til akademiyasi prezidenti, taniqli madaniyat arboblari, jamoatchilik vakillari va oddiy kitobxonlar davom ettiradilar. Bunday davomiylik aynan uch kun vaqt talab qilinishi bilan tushuntiriladi... Nima uchun?

Manba