Javobda toʻrtta soʻzdan istalgan biri. Savolda SHUNDAY QILISH ikki soʻzning oʻrnini bosadi. Fransiyaning tennis boʻyicha ochiq chempionatida oʻn uchinchi bor gʻalaba qozongan Rafael Nadal taqdirlash marosimida avvaliga oʻzining anʼanaviy ritualini bajarishga botinolmadi, ammo SHUNDAY QILGANIDA baribir niyatini amalga oshirdi. Mashhur kinoqahramonga SHUNDAY QILISHNI va undan nima qolishini koʻrishni taklif qilishganda, u toʻrt soʻzdan iborat javob bergan. Ulardan istalgan birini yozing.