Savolni kiyevlik Irina Chernuxa beradi. Gerbert Uells oʻz hikoyasida yozadi: "Zaldagi pol tinimsiz titrardi... porshenlarning uzuq-yuluq xurillashi, pishillashi, xoʻrsinishi, tamshanashi va qarsillashi, goh taranglashib, goh boʻshashayotgan tasmalar shatirlashi, bularning barchasi ustidan esa TASLIM BOʻLMAYMAN degan trombonsimon uvillash eshitilardi". Savolda qaysi soʻzni almashtirdik?