Ingliz shifokori Hill tibbiyot jamiyatiga saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bir oz vaqt oʻtgach, u oʻzi muvaffaqiyatli oʻtkazgan operatsiya haqida xabar yubordi. Bir dengizchi oyogʻini sindirib olgan emish, Hill esa sinishni oyoqqa smola va smolali suv bilan ishlov berib davolagan ekan. Oʻsha paytda smolali suvning shifobaxsh xususiyatlari haqida qizgʻin bahslar ketayotgan edi. Shuning uchun xabar katta qiziqish uygʻotdi va nashr etildi. Bir oz vaqt oʻtgach, Hill oʻz bayonotiga aniqlik kiritdi. Uning mazmuni nimadan iborat edi?