gotquestions.online

Mashhur amerikalik bokschi Ken Norton juda sovuqqon odam hisoblangan, ammo u bilan ham har xil voqealar sodir boʻlgan. Bir kuni keng reklama qilingan jang arafasida murabbiyi unga boʻlajak jang haqidagi barcha oʻylarni kallasidan chiqarib tashlashni, keng hoshiyali shlyapa, qora koʻzoynak taqib, yoqasini koʻtarib, hech kim bilan muloqot qilmasdan va hech qayerga kirmasdan shunchaki shahar boʻylab sayr qilishni maslahat berdi. Norton murabbiyning barcha koʻrsatmalarini bajargandek boʻldi, shunga qaramay, bir soat oʻtmay bokschining butun jamoasi politsiya mahkamasiga kelishga majbur boʻldi. U yerda Nortonga birinchi yordam koʻrsatishdi, uni ozod qilish uchun garov puli toʻlashdi va doʻkon egasiga yetkazilgan zararni qoplashdi. Doʻkon egasi bokschini nima qilganlikda ayblagan edi?

Manba