Bir yil davomida Rossiya siyosiy sahnasida navbatma-navbat uchta yetakchi rahbarlik qildi. Ularning uchalasi ham bir-birini yomon koʻrardi. Birinchisi uchun uchinchisi vatanparvarlik tuygʻusidan mahrum ijtimoiy fanatik, ikkinchisi esa kallasida tayini yoʻq isteʼdodli vaysaqi edi. Ikkinchisi uchinchisini adashgan marginal, birinchisini esa demokratiyadan yiroq, tuzatib boʻlmas ura-vatanparvar deb atardi. Nihoyat, uchinchisi birinchisini sinfiy dushman, ikkinchisini esa "mayda burjua balalaykasi" deb hisoblardi. Uchalasini ham toʻgʻri tartibda ayting.