Yaqinda AQSHda noyob ixtiro taqdim etildi. Hozirda sinov namunasi tayyorlangan, uning oʻlchami bor-yoʻgʻi beshga yetti santimetr, qalinligi esa yarim santimetr. Eksperimental nusxa plastikdan tayyorlangan, ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgach esa ularni oddiy kartondan tayyorlash rejalashtirilgan. Karton ichiga mikrosxema oʻrnatiladi va bir yoki bir nechta muayyan harakatlar bajarilgandan soʻng uni tashlab yuborish mumkin boʻladi. Bu ikki-uch dollardan oshmaydi. Endi diqqat, savol: bu koʻpchiligimizda qaysi oziq-ovqat mahsuloti bilan bogʻliq tasavvur uygʻotadi?