Nemis fantast yozuvchisi Gerbert Frankening hikoyalaridan birida kosmonavtni o‘zga sayyoraliklar tutib olib, qafasga qamab qo‘yishgani haqida so‘z boradi. Unga qorovul sifatida qandaydir telepatik mexanizm biriktirilgan: asir qochish haqida o‘ylashi bilan qo‘riqchi bunga qarshi chora ko‘radi. Masalan, kosmonavt cho‘ntagidagi granata haqida eslasa, mexanizm o‘sha granatani olib, tashqariga uloqtiradi. Shunday qilib, kosmonavt qochish vositasi deb o‘ylagan har bir narsa yo‘q qilinadi. Ozod bo‘lish uchun kosmonavt nima haqida o‘ylashga majbur bo‘ldi?