Antik ibodatxonada xudo haykali va uning mehrobi boʻlgan, ammo marosimning asosiy qismi, yaʼni qurbonliklarni yoqish marosimi ibodatxona oldida, ochiq osmon ostida oʻtkazilgan. Rimdagi bino ichida qurbonlik yoqish marosimini oʻtkazish mumkin boʻlgan yagona ibodatxona — Panteondir. Nima uchun Panteonda qurbonliklarni yoqish mumkin edi?
Qadimgi odamlar qurbonliklar xudolarga tutun shaklida yetib boradi deb ishonishgan, Panteon gumbazida esa ibodatxonani osmon bilan bogʻlab turuvchi katta teshik bor.