Savolda ULAR soʻzi boshqa soʻzning oʻrnida qoʻllangan. Pol Pot oʻz hukmronligi davrida asosan olimlar va shifokorlardan iborat ziyolilarni butunlay yoʻq qilishni rejalashtirgan edi. Shu sababli Kambodjada hatto ULARNI taqib yurganlik uchun ham hibsga olishlari mumkin edi. Qaysi shahar aholisi boshqa bir hukmdorning talabi bilan maʼlum bir rangdagi ULARNI taqa boshlagan?