Zamonaviy Xitoy siyosiy latifasi: Yuqori lavozimli shaxs Chjunnanxaydan — Xitoy Kremlidan chiqsa, hamkasbi soʻrabdi: — Bugun Politbyuroda nima muhokama qilindi? — Toʻgʻrisi, tushunmadim. Kim gapirgan boʻlsa, hammasi shanxaycha gapirdi. Ruscha variantda bu latifa unchalik kulgili boʻlmas edi. Shunday boʻlsa-da, ayting-chi: unda Shanxay oʻrniga qaysi shahar tilga olingan boʻlardi?