Marhamat, buyumlarni olib keling. Umid qilamanki, barchangizda haydovchilik guvohnomasi bor? Janob Kapustin, marhamat, bugun sizga yoʻnalishli taksi nasib qildi. Janob Timofeyev, sizga non tashuvchi furgon. Janob Rubin, marhamat, bu sizga (ustiga “Mebel” deb yozilgan KAMAZni uzatadi). Sizda tegishli haydovchilik toifasi bormi? Janob Kozlov, sizga pochta furgoni. Janob Bikov – reanimatsiya mashinasi. Janob Tsarkov, sizga ham taksi. Oldingizda shaharlarimiz koʻchalarida tez-tez uchraydigan oltita avtomobil turibdi. Ushbu radiotelefonni (uyali aloqa telefonini chiqaradi) uning lingvistik ajdodi hisoblangan mashinaning ustiga qoʻying.