Uolt Disneyning “Oppogʻoy va yetti gnom” multfilmida Oppogʻoyning oʻgay onasi roliga ovoz berish uchun ovozsiz kino yulduzi Lyusil LaVern tanlab olindi. Prodyuserlar undan yovuz jodugarning ovozini ham ijro etib koʻrishni soʻrashdi, bu ovoz oʻgay onanikiga oʻxshash, ammo keksaroq va gʻirillagan boʻlishi kerak edi. Aktrisa vazifani uddaladi, biroq buning uchun u kasting oʻtayotgan xonadan bir ozga tashqariga chiqib keldi. Diqqat savol: aktrisa eshik ortida nima qildi?