Mashhur polshalik advokat (ayni paytda esperantist) Roman Sakovich bir safar oʻgʻrilikda ayblangan shaxsni himoya qildi, bunda asosiy dalil ayblanuvchining yonidan oʻgʻrilik asboblari topilgani edi. Advokat shunday dedi: "Muhtaram sud, nahotki asboblarga egalik qilishning oʻzi jinoyat boʻlsa? Agar shunday boʻlsa, unda hammamizni darhol ... aybi bilan panjara ortiga tiqish mumkin". Xoʻsh, nima ayb bilan?