Asalari xoʻjaliklari egalari baʼzan yengil mashinalarda asalarilar boʻlgan uyalarni tashishadi. Jurnalist Boris Bronshteyn shunday holatlardan biri haqida yozadi: "Bir safar ukrainalik yoʻl nazoratchilari shunday manzarani kuzatishdi: rulda boshiga toʻr kiygan odam oʻtiribdi, salonda esa uyadan chiqib ketgan asalari toʻdasi oynalarga urilmoqda. Ular mashinani toʻxtatishga botina olishmadi, garchi asalarilarning gʻazabiga qaraganda, haydovchining hujjatlari... boʻlishi mumkin edi". Jumlani bir soʻz bilan yakunlang.