Bir kuni psixolog-tadqiqotchilar yarim hazil, yarim chin bilan psixiatriya klinikasining qabul boʻlimiga qoʻngʻiroq qilishdi: — Maslahat kerak. Kimdir unga yaqin kelajakda nima qilish (yoki qilmaslik) kerakligini aytadigan ovozlar eshitilayotganini daʼvo qilmoqda. Va bu bashoratlar goʻyo har doim amalga oshayotganmish... — Tushunarli, — gapni boʻldi shifokor, — Kandinskiy-Klerambo sindromi... — Bu hali hammasi emas. Oʻsha kimsa unga ilohiy ruh koʻringanini va u qoʻshin toʻplab, mamlakatni ozod qilish uchun kurashga borishni buyurganini aytmoqda. — Ishlar jiddiy-ku, — dedi psixiatr ohangini oʻzgartirib. — Tanishigizni tezroq shifokorga koʻrsatishingizni maslahat beraman. Bu kimsaning ismi nima? Xoʻsh, asrlar oʻtib, kimga nisbatan shunday qatʼiy tashxis qoʻyilgan edi?