Yevropaliklar oʻzlariga tanish hayvonlar nomi bilan atagan Avstraliya xaltali hayvonlari, odatda, xaltasiz qarindoshlari bilan bir xil ekologik muhitni egallaydi. Xaltali koʻrsichqon yerni kavlaydi, xaltali uchar olmaxon daraxtlarda yashaydi va havoda muallaq ucha oladi, xaltali suvsar — kichik oʻrmon yirtqichi... Toʻgʻri, xaltali ayiq faqat tashqi koʻrinishi oʻxshashligi uchun shunday nomlangan. Ushbu qoidadan yana bir istisnoni — xaltasiz nomdoshidan butunlay boshqacha muhitni egallaydigan xaltali hayvonni ayting.