Ritsarlar turnirlari paytida IKKINCHIga biriktirilgan BIRINCHI ramziy maʼnoga ega edi. Sharq afsonasiga koʻra, Salohiddin va Richard Sheryurak bir kuni chaqqonlik va jang sanʼatida bellashishibdi. Richard qilich zarbasi bilan IKKINCHIni chopib tashlabdi, bunga javoban Salohiddin oʻzining shamshiri bilan BIRINCHIni kesib yuboribdi. Biz "BIRINCHI" va "IKKINCHI" soʻzlari bilan qaysi soʻzlarni almashtirdik?