Rossiya seriallaridan birining qahramoni, moskvalik talaba, mashhur oʻyin boʻyicha oliygohlararo musobaqaga tayyorgarlik koʻrmoqda. Uning aytishicha, jamoasining raqiblari juda jiddiy — ushbu oʻyin boʻyicha koʻp karra chempionlar — Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Davlat xizmati universiteti jamoalari. Rossiya kanallaridan birida efirga uzatilgan ushbu oʻyinning televersiyasi gʻolibi bosh sovrin — orolga sayohatni qoʻlga kiritardi. Qaysi orolga?