Voqealari Sharqiy Evropada bo‘lib o‘tadigan BIRINCHILAR haqidagi film Alplarda suratga olingan. Rejissyor mahalliy hunarmandlarga juda ko‘p miqdorda IKKINCHILARga buyurtma bergan, buning natijasida epidemiya haqida mish-mishlar tarqalib, turistik mavsum deyarli barbod bo‘lishiga sal qolgan. BIRINCHILAR va IKKINCHILARni ayting.