Futbol — bu butun bir olam, qiziqarli va ziddiyatli. Bir safar Kamerun talabalar chempionatining navbatdagi tur oʻyini oldidan jamoalardan birining sardori raqib jamoa sardori bilan qoʻl berib koʻrishishdan bosh tortib, ortiga oʻgirildi-da, ishtonini tushirib, yalangʻoch orqasini koʻrsatdi. Oʻyin boʻlib oʻtmadi, bezoriga jarima solindi. Buning sharofati bilan qoidabuzar jamoa Oliy Ligaga yoʻl oldi. Ayting-chi, oʻsha oʻtkazilmagan oʻyin hakamlari qanday qarorga kelishgan edi?