Janob bilimdonlar, muallif ushbu savol ertaga ertalab dolzarbroq boʻlishini taxmin qilmoqda, lekin baribir... Aytishlaricha, BUNI hatto xona gullari ham yaxshi koʻrar ekan. Chet elda BUNI hozirda mushaklar tortishib qolmasligi uchun sportchilar ichimligi sifatida reklama qilishmoqda. Zero, BUNING asosiy ingredientlari izotonik eritmadagilar bilan bir xil. Baʼzi kompaniyalar BUNI ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga urinishdi, lekin talab topilmadi (ehtimol, notoʻgʻri sabzavotdan foydalanishgani uchundir). BUNI ishlab chiqarish uchun qaysi sabzavot anʼanaviy hisoblanadi?