Yaqinda savol muallifining koʻzi bir matnga tushdi, unda buning oʻntacha belgisi keltirilgan edi. Mana ulardan uchtasining tavsifi: "Siz ancha qulayroq vaziyatdagi oʻyinchiga pas berish oʻrniga, amalga oshirib boʻlmaydigan golni urishga besamar urinayapsiz"; "Siz zararli odat sohibisiz, ayol jinsiga mansub shaxslar bilan yengil ishqiy munosabatga kirishasiz"; "Sizda qartalar bor, qolgan hech kimda esa yoʻq". Nimaning yoki kimning belgilari bayon etilgan?