Yuz yildan koʻproq vaqt oldin fransuz naturalisti Tussenel ular haqida shunday yozgan edi: "Ular haqidagi savol — bu u dunyodan kelgan, bidʼat hidi anqib turgan savol. Tabiatga zidlikning oliy darajasini oʻzida mujassam etgan ushbu ikki maʼnoli mavjudotlardagi hamma narsa haqiqatga toʻgʻri kelmaslik va bilimsizlik muhri bilan belgilangan. Bu ximera, dahshatli, imkonsiz mavjudot, tushlar, alahsirashlar, arvohlar, kasallik tasavvurlari, ruhiy iztirob va aqldan ozish ramzidir". U kimlar haqida shunday yozgan?