Bir yigit ishga kirmoqchi boʻldi. Gazetadagi eʼlonga binoan u katta va ish bilan band, shovqin-suronli, telegraf apparati taqillab turgan ofisga keldi. Ofisda oʻndan ortiq kishi kutib turgan edi va u ham ularga qoʻshildi. Ikki-uch daqiqadan soʻng yigit oʻrnidan turib, boshliqning xonasiga kirdi, besh daqiqadan soʻng esa boshliq chiqib, boʻsh ish oʻrni band boʻlganini maʼlum qildi. Bu yigitni raqobatchilaridan nima ajratib turgan edi?