Maʼlumki, basketbol boʻyicha Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi, AQSHda tugʻilgan Devid Blatt oʻz murabbiylik yoʻlini Isroilda boshlagan, Italiya va Turkiyada ishlagan, asosiy gʻalabasini esa Ispaniyadagi Yevropa chempionatida qoʻlga kiritgan. Faoliyati turi tufayli u tez-tez mehmonxonalardan foydalanishiga toʻgʻri keladi. Shuning uchun boʻlsa kerak, Isroil gazetalaridan biri uni hazillashib "Devid [boʻsh joy]" deb atagan. Tushirib qoldirilgan soʻzni tiklang.