Psixiatriyada «Semiz Berta» sindromi deb insonning oʻz kelajagi haqidagi doimiy xavotiri va uni qorongʻu ranglarda koʻrishi holatiga aytiladi. Fransuz yozuvchisining rafiqasini, italiyalik modelyerni va, albatta, sovet aktrisasini «Semiz Berta» deb atash mumkin. Bu yerda biz qaysi ikki soʻzni «Semiz Berta»ga almashtirdik?