Tashrif buyuruvchilarni avval to'rttadan qilib safga tizishadi va shundan keyingina asosiy kirish eshigiga olib borishadi. Mehmonlar mavjud o'nta zalning faqat bir nechtasiga kiritiladi. Markaziy zalning o'rtasida qora granitli poydevor ustida billur sarkofag turibdi. Poydevorning old tomonida partiya gerbi — o'roq va bolg'a, chap tomonida — davlat gerbi, orqa devorida — hayot yillari tasvirlangan. Tana sariq o'roq va bolg'ali alvon bayroq bilan yopilgan. Sarkofag atrofida polda tuvaklarda "Oliyjanob inson" navli gullar turibdi. Sarkofagda kimning tanasi yotibdi?