Uni "eng mashhur ringtonlar kompozitori" deb atashadi (ammo u bundan xafa boʻlmasa kerak). U haqidagi afsonalarda: pul ishlashni xohlaydigan ota, koʻp marta ishlatiladigan tobut, qotil masonlar (ularsiz boʻlarmidi), Pushkin (usiz ham iloji yoʻq) uchraydi. Uning oldingi savollardan birida tilga olingan tugʻilgan shahrini biografiyalaridan birining muallifi "Yevropa Krijopoli" deb ataydi. Shokolad va muzlatgich magnitlariga boʻlib tashlangan bu bechora kim?