Shimoliy Amerika hali Angliya koloniyasi boʻlganida, Gʻaznachilik lord-kansleri oʻsha paytda koloniyalar pochtmeysteri lavozimida boʻlgan Benjamin Franklinni Londonga taklif qiladi va soʻraydi: "Ayting-chi, nima uchun sizning kemalaringizga Atlantika okeanini kesib oʻtish uchun biznikiga qaraganda baʼzan ikki hafta kamroq vaqt kerak boʻladi? Axir deyarli barcha kemalar Angliyada qurilgan va boshqa har qanday joyda bizning kapitanlarimiz va dengizchilarimiz siznikidan qolishmaydi-ku?" Shunda Franklin lord-kanslerga amerikalik dengizchilar raqiblardan sinchiklab yashirgan sirni ochadi. U unga nima haqida soʻzlab bergan?