Bu ikki bokschining darajasi, albatta, turlicha. Birinchisining ringdagi chiqishlaridan faqat Mak-Murdo bilan jangi maʼlum va biz unda gʻalaba qozonganini ham bilmaymiz. Toʻgʻri, u boks qoidalariga koʻra boʻlmasa-da, ancha muhimroq jangda gʻolib chiqqani maʼlum. Uning familiyadoshi esa — hatto Muhammad Alining oʻzi ustidan gʻalaba qozongan mashhur professional. Ularning umumiy familiyasini ayting.