Dunyoning ikki kuchli tennischisi, belgiyalik Jyustin Enen va Kim Klyaysters qarama-qarshiliklar birligi va kurashi haqidagi mashhur iboraga mukammal misoldir. Ochiqkoʻngil, xushmuomala, doim tabassum qiluvchi Kim va vazmin, odamovi, oʻz qobigʻiga oʻralgan Jyustin. Jurnalistlar bu farqni aforizm tarzida ifodalashga urinib, shunday yozishgan: "Kim uchun (ikki soʻz tushirib qoldirilgan) katta qiyinchilik tugʻdiradi, Jyustin uchun esa (yana ikki soʻz tushirib qoldirilgan) xuddi shunday qiyin". Birinchi soʻz uchinchi soʻz bilan mos kelishini hisobga olib, tushirib qoldirilgan soʻzlarni tiklang.