Sportga oid savol :-). Bir talaba universitet futbol jamoasidan chetlatilganda juda xafa boʻldi. U oʻch olishga qaror qildi. Yozda, hamma taʼtilga ketganida, u muntazam ravishda universitet stadioniga yoʻl-yoʻl maykada chiqib, hushtak chalar va maydon boʻylab yorma (don) separ edi. Natijada, universitet stadionidagi mavsumning birinchi oʻyini buzildi. Buning sababi nima edi?
Hakamning hushtagi chalinishi bilan maydonga juda koʻp sonli qushlar galasi uchib keldi.