Olimlar qayerda formula yozishni va ular ustida mulohaza yuritishni boshlamaydilar deysiz! Andre-Mari Amper hisob-kitob qilish zarurati tugʻilib qolsa deb oʻzi bilan bir boʻlak boʻr olib yurardi va bir safar hisobni ot aravasining orqa tomoniga yozdi, arava esa formula bilan birga ketib qoldi. "Nauka i jizn" jurnalining yozishicha, oʻtgan asrning boshida boshqa bir olim choʻntagidan qalam boʻlagini olib, yaqin atrofdagi yogʻoch ustunga berilib formula yozgan va ularni oʻrgangan. Bu bilan u oʻz hamkasblarini deyarli qiyin ahvolga solib qoʻygan, ammo xayriyatki, oʻz vaqtida hushiga kelgan. Ushbu olimning familiyasini ayting.