Bir qator manbalarda biror shaharni qamal qilayotgan vikinglar sardorlari toʻsatdan xristianlikni qabul qilishga nisbatan yengib boʻlmas maʼnaviy ehtiyoj sezganlari va qamal qilingan shaharlar cherkovlarida choʻqintirilganlari haqida xabar beriladi. Odatda ertasi kuni qamal qilinganlar yangi dinni qabul qilgan viking vafot etgani va oʻzini choʻqintirilgan cherkov hovlisiga dafn etishni vasiyat qilganini bilib qolishardi. Moʻjizaga yaqin boʻlgan ushbu holatni nima bilan tushuntirish mumkin?
"Dafn marosimi" paytida "marhum" va uning hamrohlari yashirib qoʻyilgan qurollarni chiqarib, shahar darvozalarini ochib yuborishgan.