gotquestions.online

Uyqu sirlarini oʻrgangan taniqli psixolog Stenli Koren eslashicha, u Kaliforniyadagi Stenford universitetining yuqori kurslarida oʻqib yurganida, rafiqasi bilan oilali talabalar yotoqxonasida yashagan. Bir kuni ertalab u uyqusiz tun oʻtkazganidan butunlay horgʻin holda yotoqda yotardi. "Bu kecha koʻz yumganim yoʻq, — deb shikoyat qildi u xotiniga. — Shunchaki yotib, shiftga qarab chiqdim". "Oʻzim ham tuzukroq uxlay olmadim", — deb ingradi xotini javoban. Diqqat, savol: Shu paytda radio nima haqida xabar berdi?

Manba