Ikkinchi jahon urushi yillarida Gitlerning qarorgohi koʻpincha Oliy Bosh qoʻmondonlik shtab-kvartiralari boʻlgan. Ularning joylashgan joylari oʻz kodli nomlariga ega edi: Volfshlyuxt (Boʻri darasi) — Reyn viloyatidagi Myunsterayfel shahri yaqinida; Volfshanse (Boʻri uyasi) — Sharqiy Prussiyada; Vervolf (Boʻri-odam) — Vinnitsada. Nima uchun bu nomlarning barchasi boʻri bilan bogʻliq?
"Boʻri" — Gitlerning 1925-1927 yillardagi partiyaviy laqabi edi.