Gannibalning Rim ustidan qozongan ilk gʻalabalaridan soʻng, Rimning ayrim ittifoqchilari Senatga qimmatbaho sovgʻalar bilan elchilar yuborishdi (taʼbir joiz boʻlsa, "mudofaa fondiga"). Rimliklar elchilarga minnatdorchilik bildirishdi, qimmatbaho buyumlarni esa qaytarib berishdi. Faqat shoh Gieron tomonidan yuborilgan oltin haykalnigina oʻzlarida qoldirishdi, chunki u... Qaysi maʼbudani tasvirlagan edi?