Mashhur teleserialdan iqtibos: «Bizda erkinlik bor deb oʻylagandik, lekin butun vaqt davomida IKS ichidagi ALFA boʻlgan ekanmiz. Ha, bizda tanlov bor edi – chapga yoki oʻngga burilish...». ALFAlar uchun IKSga bagʻishlangan maqolada takrorlash paytida xatolar soni kamayishi aytiladi. Biz ALFA va IKS soʻzlari bilan qaysi soʻzlarni almashtirdik?