Rus afsonasiga koʻra, Odamatoning juda koʻp farzandlari boʻlgan. Bir safar Xudo Odamatoga Pasxa bayramida barcha bolalarini koʻrsatish uchun olib kelishni buyuribdi. Odamato bunchalik katta olomonni olib borishga uyalib, faqat kattalarini oʻzi bilan olibdi. Ehtimol, u keyinchalik bundan afsuslangandir, chunki faqat u oʻzi bilan olib borgan bolalari butun insoniyat nasliga asos solgan ekan. Xoʻsh, qolganlardan kimlar tarqalgan?