Garchi gʻoʻngʻillashim bilan joningizga tekkan boʻlsam-da, davom etamiz. Dunyoda hayvonlarga qoʻyilgan haykallar koʻp. Masalan, Alyaskada shunday ikkita haykal bor. Ulardan biri asrlar davomida Alyaska aholisi — eskimoslarni boqib kelgan kitlarni tasvirlaydi. Ikkinchi haykal muallifining fikricha, metallda gavdalantirilgan bu jonivor Alyaskada yashovchi odamlarning ruhini chiniqtiradi. Ikkinchi haykal qaysi jonivorni abadiylashtirgan?