Bir safar bolaligida rasm darsida Salvador Dali boshqa oʻquvchilar bilan birga oddiy geometrik shakllarni akvarel boʻyoqlari bilan boʻyayotgan edi. Ushbu darsdan soʻng Dali rassomlarning ikki turi borligini tushundi: birinchilarini ehtiros va shiddati uchun Dalining fikricha daholar deb atashadi, ikkinchilarini — itoatkor va sabrlilarni — shunchaki hunarmandlarga chiqarishadi. Xoʻsh, ularning farqi nimada: birinchilar nima qiladi-yu, ikkinchilar nima qilmaydi?
Birinchilar har doim chegaradan chiqib ketishadi, ikkinchilar esa ularga qatʼiy amal qilishadi.