Kompyuter dasturlari matnlarida koʻpincha ketma-ket yozilgan ikki soʻzdan iborat oʻzgaruvchi nomlari uchraydi. Bunday nomlarni yozish qoidalaridan biriga koʻra, nomdagi ikkala soʻz ham bosh harf bilan yozilishi kerak. Boshqasiga koʻra esa, faqat ikkinchi soʻz bosh harf bilan yozilishi kerak. Agar ikkinchi qoidaning nomi birinchisiga ham biroz mos kelsa, unda qaysi hayvon nomi tilga olingan?