Bu shoir oʻzining bitta mashhur asari tufayli tanilgan. Shoirning biografiyasi jumboqlarga boy, ulardan biri — UNING tugʻilgan sanasi. Universitet maʼlumoti boʻlmasa-da, U yuqori davlat lavozimlarini egallagan, koʻp tillarni bilgan. Bir versiyaga koʻra, gruzin qizi Ninaga uylanganidan soʻng, U tez orada davlat topshirigʻini oladi, uni aʼlo darajada bajaradi, ammo bir haftadan keyin uning jasadi topiladi. Agar U boʻlmaganida, fors shohining qandaydir sovgʻasi bizgacha yetib kelishi dargumon edi. Bizga bu "sovgʻa" qaysi nom bilan maʼlum?