Italiyaning qatʼiy hukumat taqiqi atrofda yashovchi aholiga ushbu yerda xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanishni, shuningdek, yangi binolar qurishni man etadi. Shunga qaramay, uning atrofi zich joylashgan. Gap shundaki, bu yer Italiyadagi eng unumdor yer hisoblanadi, bu yerda yetishtirilgan mevalar esa oʻziga xos taʼmga ega va Italiyadagi oʻrtacha narxdan ikki baravar qimmat turadi. Agar siz ularni sotib olsangiz, sizga albatta: "Bu ...dan kelgan mevalar", deyishadi. Qayerdan?