Rejissyor Marshall yordamchilari bilan uzoq vaqt filmga nom topa olishmaydi. Avvaliga "Uch ming" degan ishchi nomdan foydalanishadi. Bu nom biroz qoʻpol eshitiladi deb hisoblab, suratga olish ishlari tugagach, lentani yanada gʻalatiroq — "Bulvardan" deb nomlashadi. Faqatgina tayyor materialni koʻrayotganda bosh qahramonni koʻrib, hamma hayrat bilan ikki ogʻiz soʻz aytib yuborganidan keyingina film yakuniy nomini oladi. Bu film bizning videoprokatlarda qaysi nom bilan mashhur boʻlgan?